Respublika profilaktika boshlig‘i ishdan olingani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
27 yanvar 7857 2 daqiqa
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i Hotam Qodirov ishdan olingan. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘tgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yong‘in yuz bergan.
Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat “Chorsu” va “Farhod” bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etilgan.
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari Zufar Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish bo‘yicha hali sezilarli natija ko‘rinmayotgani tanqid qilingan.
Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlangan.
Shu bois, bunga mas’ul vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i Hotam Qodirov ishdan olingan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Ravshan Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligini aytib, ularga hayfsan bergandi.
Live
Barchasi