Respublika bo‘ylab karantinga olinganlar haqida ma’lumot berildi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
12116O‘zbekiston Respublikasi hududida ayni paytda 92 072 nafar fuqaro karantinga olingan. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, shu kungacha 248 272 nafar fuqaro karantin kuzatuvida bo‘lgan. Ularning 205 453 nafari uy karantinida bo‘lgan. 42 819 nafari esa statsionar karantinda bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 156 200 nafar karantinda bo‘lgan fuqarolarni uyiga javob berilgan. Ular hozir o‘z-o‘zini yakkalash qilish hayot tarziga o‘tkazilgan.
Ayni vaqtda 91 072 nafar fuqaro karantin kuzatuvida qolmoqda. Jumladan, ularning 70 831 nafari uy sharoitidagi kuzatuvda bo‘lsa, 21 241 nafari esa 241 ta tibbiy muassasada statsionar karantin kuzatuvida bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 156 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1290 kishini tashkil qilmoqda.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi