So‘nggi kunlarda koronavirusga chalinish holati kamaygani sababi aytildi

Jamiyat

image

Karantin zonasidagi nazoratni kuchaytirilishi koronavirusga chalinganlar sonining kamayishiga olib kelgan. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya shifokori Bahrom Almatov ma’lum qildi.

“Ketma-ket ikki kun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sonining kamayishi — karantin zonasidagi odamlarni alohidalaganimiz bilan bog‘liq.

Karantin zonasida bitta konteynerga faqat 4 nafar odam joylashtirilyapti va tashqaridan hech kim kirib-chiqmasligi ta’minlanyapti. Shu bois karantin zonada ushbu kasallikni yuqtirib olish holati keskin kamaydi“, deydi Bahrom Almatov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida O‘zbekistonda 78 ta kasallikka chalinish holati qayd etilgan. 2 kun avval, 15 aprel kuni esa bir sutkada 137 nafar bemor aniqlangan edi.

Bahrom Almatovning ta’kidlashicha, bu bilan xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi. Chunki karantin zonasidan tashqarida ham yangi holatlar aniqlanishi mumkin.

“Biroq bu vaziyat butunlay yaxshilandi degan xulosa kelib chiqishi uchun asos emas. Karantin zonasidan tashqarida ham ushbu virus tashish holatlari bo‘lishi mumkin va barchasini nazorat ostida ushlash uchun karantin rejimiga qat’iy amal qilishimiz lozim“ deydi Almatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 140 nafari davolangan, 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1246 kishini tashkil qilmoqda

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

505

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing