Rekordchi murabbiy milliy terma jamoada ishlashi mumkin

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi sobiq murabbiysi Arsen Venger milliy terma jamoada ishlashi mumkin. Bu haqda mutaxassisning o‘zi L'Equipe muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Ammo agar shunday bo‘lsa, bu Qatardagi jahon chempionatidan oldin amalga oshadi”, deb aytib o‘tgan Venger.

Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger 1996-2018 yillarda “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida ishlab, 3 marta APL chempionligini qo‘lga kiritgan. 2003-2004 yilgi mavsumda uning jamoasi mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlab rekord o‘rnatgan edi.

Ma’lumot uchun avvalroq, fransiyalik mutaxassisga FIFAda texnik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i lavozimi taklif qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsen Venger

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing