Venger “Arsenal”ni chempionlik bilan tabrikladi

Sport

image
“Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger jamoani 22 yildan so‘ng, ilk bor Angliya Premer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 19 may kuni kechqurun “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining 37-turida safarda “Bornmut” bilan durang o‘ynadi. Natijada, “Arsenal” 2003-2004 yilgi mavsumdan beri ilk bor chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi. O‘sha mavsumda Arsen Venger jamoani Premer-ligada birorta ham mag‘lubiyatsiz chempionlikka olib chiqqan edi.

Fransiyalik mutaxassis shuningdek, “kanonirlar” bilan yana ikki marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

“Siz buni uddaladingiz. Boshqalar to‘xtaganida chempionlar davom etadi. Bu sizlarning vaqtingiz. Endi har bir lahzadan zavq oling”, deydi Venger “Arsenal”ning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videoda.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” o‘z tarixida 14-marta Angliya chempioniga aylandi. Faqat “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari 20 tadan chempionlik bilan bu borada yuqoriroq natija qayd etgan.

Maqola muallifi

Teglar

Arsen Venger “Arsenal” chempionlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing