Rekordchi Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi

Sport

image

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning birinchi kunida dastlabki saralash bahslari o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, unda o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Uning ikki chiqishi jami 12,899 ball bilan baholandi. Bu saralash dasturidagi to‘rtinchi natija bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakillaridan Dildora Aripova amalga oshirgan ikki to‘sin, Abdulaziz Mirvaliyevning halqa va erkin mashqi, Abdulla Azimovning ot ustidagi chiqishi hamda Ravshan Komiljonovning erkin mashqlari medallar uchun kurashni davom ettirishga yetarli bo‘lmadi. 

Bugun yana bir qator yo‘nalishlarda saralash bahslari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oksana Chusovitina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing