Rekord yangilandi. Bugun koronavirusdan qariyb 600 kishi sog‘aydi
Jamiyat
−
28 iyul 2020
8028Bugun, 28 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 591 nafari sog‘aydi.
Jumladan, 381 nafari Toshkent shahridagi 17 ta shifoxonada davolanayotgan bemorlardir, 82 nafari Toshkent viloyatida, 41 nafari Andijonda, 23 nafari Sirdaryoda, 20 nafari Namanganda, 17 nafari Buxoroda va yana 17 nafari Navoiyda, 10 nafari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 27 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 569 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
LiveBarchasi