Rekord yangilandi. 3 o‘lim va 342 nafar bemor qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 6 iyul kuni O‘zbekistonda 342 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 204 nafari karantin muassasalarida, 116 nafari aholi orasida, 22 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotsha ko‘ra, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

Kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 106 nafar fuqaro sog‘aydi. 
 
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 10362 nafar bemordan 6628 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3697 nafar bemordan 25 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

830

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing