Rekord! Bugunning o‘zida 119 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida 27 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 7 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Ayni soatlarda poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 6 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Endilikda Toshkent shahrida to‘liq sog‘ayganlar 548 nafarga, Surxondaryo viloyatida esa 35 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun jami 119 nafar bemor tuzalib, koronavirusga chalingan bemorlar sog‘ayishni boshlagan kundan buyon o‘tgan vaqt ichida eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1775 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda virus yuqtirganlar 2324 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing