Referendum o‘tkazish uchun qancha mablag‘ ajratilgani aytildi
Jamiyat
−
16 mart 2023
9206Referendum o‘tkazish xarajatlari uchun 182 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Bu haqda bugun, 16 mart kuni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Adham Ibodullayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi ishlab chiqilgan.
Adham Ibodullayevga ko‘ra, referendum o‘tkazish xarajatlari uchun davlat byudjetidan 182 milliard 386 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2019 yilda parlament va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda davlat byudjetidan 230 milliard 530 million so‘m pul ajratilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu xarajatlar smetasi davlat byudjetida belgilangan mablag‘lar doirasida shakllantirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
LiveBarchasi