“Lukoyl” asossiz olingan mablag‘ni qaytarishi kerak – Raqobat qo‘mitasi
Jamiyat
−
18 iyul
7578Avvalroq, “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilishda, shu jumladan, birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo‘yish kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.
Kompaniya tomonidan asossiz olingan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ish yuzasidan qo‘mitaning maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi oqibatida asossiz olingan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Shuningdek, qonun buzilishini bartaraf etish va unga keyinchalik ham yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.
“Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon qo‘mitaning Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi