“Real” juda oson g‘alabaga erishdi – Anri
Sport
−
20 fevral 3915 1 daqiqa
“Monako”, “Arsenal” va “Barselona” klublarining sobiq hujumchisi Terri Anri Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Real” - “Manchester Siti” (3:1) o‘rtasidagi javob uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz bu mavsumda har safar saviya biroz ko‘tarilganida “Manchester Siti” buni yengishda qiynalayotganini ko‘rdik. O‘yinda marom paydo bo‘lishi bilanoq raqibda tajovuzkorlik paydo bo‘ldi, “Manchester Siti” bunga dosh bera olmadi. “Real Madrid” juda oson g‘alabaga erishdi”,deydi Anri.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida “Manchester Siti” bilan bahs olib bordi. Jamoalar Ispaniyaning Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvni Ishtvan Kovach boshchiligidagi ruminiyalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Bahsda “Real Madrid” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransiyalik forvard Mbappe “Real” safida Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlagani xabar qilingandi.