“Real” yetakchisi ikki yilga futboldan chetlatilishi mumkin
Sport
−
24 aprel
3494Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi vingeri Vinisius Junior intizomiy jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio ma’lum qildi.
Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Braziliyaning “Tiberis Holding do Brasil” kompaniyasi 7 aprel kuni FIFA Etika qo‘mitasining tekshiruv palatasiga rasmiy shikoyat yuborgan. Unga ko‘ra, Vinisius otasiga qarashli kompaniya orqali bir nechta futbol klublarini sotib olish jarayonida ishtirok etgan. Bu holat La Liga va FIFA qoidalariga zid bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, agar ayblovlar tasdiqlansa, futbolchi ikki yilgacha futboldan chetlashtirilishi yoki boshqa jamoalardagi ulushlaridan voz kechishiga majbur bo‘lish ehtimoli bor. Shu bilan birga, unga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanishi ham mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius joriy mavsum madridliklar safida La Liga doirasida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. 25 yoshli vingerning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
LiveBarchasi