“Real” yetakchi futbolchisi bilan allaqachon yangi shartnoma imzolagan bo‘lib chiqdi

Sport

image

"Real" hujumchisi Vinisius Junior o‘tgan yozdayoq klub bilan yangi shartnoma tuzgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, klub shartnoma tuzilgani haqida qachon rasman e’lon qilishini hozircha hal qilmagan. Ehtimol, "Real Madrid" bir vaqtning o‘zida uchta braziliyalik: Vinisius, Rodrigo Goyes va Eder Militao bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qilishi mumkin.

Vinisius allaqachon yangi shartnoma bo‘yicha maosh olmoqda. 22 yoshli braziliyalik futbolchi 2018 yilning yozida "Real"ga o‘tgan va 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Yangi kelishuv 2027 yilgacha amal qiladi, Vinisiusning yangi shartnoma bo‘yicha "qaymoqranglilar" safida qancha maosh olishi hozircha noma’lum.

Hujumchi joriy mavsumda "Real" safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sport "Real Madrid"

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing