Urugvay yetakchi futbolchisi O‘zbekistonga qarshi bahsga bormaydi

Sport

image

"Real Madrid" va Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverde O‘zbekistonga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda “Tribuna.com” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi xalqaro tanaffus davrida Madridda qoladi va Urugvay milliy terma jamoasining navbatdagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Urugvay FIFA kunlari doirasida faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi, bu esa murabbiy Marselo Belsa Valverdega dam berishga qaror qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Kurtua, Vinisius, Mbappe, Kamavinga va Mastantuono kabi yulduzlar o‘z milliy terma jamoalari bilan bo‘lsa, Valverde jamoada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qolayotgan asosiy o‘yinchilardan biridir.

Ma’lumot uchun, Urugvay MTJ oktyabr oyidagi xalqaro tanaffusda Dominikan Respublikasi va O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” futbolchisi Ronald Arauxoning Dominikan Respublikasi va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashish majburiyatidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Urugvay "Real Madrid"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing