“Real” o‘z yarim himoyasini “Siti” a’zosi bilan kuchaytirmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Defensa Central” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetishi bois, “qaymoqranglilar” uni hamyonbop narxda sotib olishlari mumkin. 

Madridning “Real” klubi rahbariyati Bernardu Silvani jamoa yarim himoyasini sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Tranfsermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Bernardu Silva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing