“Real” “Tottenxem” yulduziga ko‘z tikmoqda

Sport

image

Janubiy Koreya terma jamoasi va “Tottenxeem” klubi hujumchisi Son Xyon Min Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Sport1” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, koreyalik hujumchi ingliz klubi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolaganiga qaramay, faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlamoqchi. Yaqin kelajakda Son turli-xil variantlarini ko‘rib chiqadi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchini yaqindan kuzatib bormoqda. Italiyalik murabbiyga koreyalik futbolchining o‘yinlari yoqadi. Shunindek, Songa "Bavariya" va PSJ ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli koreyalik futbolchi joriy mavsumda APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Son Yevropa Chempionlar ligasida to‘rtta uchrashuvda ikkita gol urgan. Hujumchi 2015 yildan beri “Tottenxem” safida to‘p suradi. “Transfermarkt” portali koreyalik futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Son Xyon Min Karlo Anchelotti "Real Madrid" “Tottenxeem”

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made