“Real” Rim klubi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” Rimning “Latsio” klubi futbolchisi Sergey Milinkovich-Savich bilan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda “Todofichajes” nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbariyati jamoaning yarim himoya chizig‘ini mustahkamlovchi futbolchi qidirmoqda. “Qaymoqranglilar” Savichni transfer qilinishi so‘roq ostida bo‘lgan Pol Pogba o‘rniga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Pogba esa hali ham “Manchester Yunayted”dagi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan.

“Transfermarkt” portali 26 yoshli serbiyalik futbolchini 70 million yevroga baholagan. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Argentinaning “River Pleyt” jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olmoqchi ekani xaqida xabarlar tarqalgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pogba Real Madrid Rim Latsio Milinkovich-Savich

Baholaganlar

3

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing