18 yoshli sportchi “Italiya go‘zali” bo‘ldi
Sport
−
13:18 693 1 daqiqa
Joriy yilning 21 sentyabr kuni Rim yaqinidagi Santa-Severa qal’asida “Miss Italiya” tanlovi bo‘lib o‘tdi. 16 nafar ishtirokchi o‘rtasida kechgan tanlovda 18 yoshli sinxron suzuvchi Sara Mariya Ritsea g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.
Sportchining eng muhim yutuqlaridan biri 2024 yilgi sinxron suzish bo‘yicha Yevropa chempionatida qo‘lga kiritilgan kumush medaldir. U Filippo Pelati bilan texnik aralash juftlik bahsida shohsupaga ko‘tarilgan. Ritsea, shuningdek, o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Jahon kubogi bosqichlarida italiyalik sportchining hisobida bitta kumush va uchta bronza medali bor.
Go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin ham Ritsea sportdagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. U 2027 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish va 2028 yilgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olishni rejalashtirmoqda.
Live
Barchasi