“Real” rahbariyati Anchelottidan norozi bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid” rahbariyati jamoa ustozi Karlo Anchelottining “Barselona”ga qarshi kubok o‘yini (0:1) uchun tanlagan taktikasidan norozi bo‘ldi. Bu haqda ESON xabar berdi.

Madrid klubi boshliqlari italiyalik mutaxassisning zaxira rejasi yo‘qligiga e’tiroz bildirmoqda. “Qaymoqranglilar” ko‘pincha hujumda Vinisius Juniorga tayandi, ammo kataloniyaliklar himoyachisi Ronald Arauxo uni to‘liq yopdi va “qirollik klubi”ning hujumlari ancha kuchsizlandi.

Anchelotti o‘yinga asosiy tarkibda Luka Modrich va Toni Kroosni tushirdi, klub rahbariyati esa murabbiyning bu qaroriga izoh talab qilmoqda.

Himoyachilar Daniyel Karvaxal va Nachoning o‘yini ham savollar tug‘dirdi. Rahbariyat hujumdagi futbolchilardan ko‘proq tashabbus kutgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Anchelotti “Real”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing