“Real”ning sobiq a’zosi “qirollik klubi”ga qaytmoqchi

Sport

image

Marokash va PSJ terma jamoasining qanot himoyachisi Ashraf Hakimi “Real”ga qaytmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Hakimi “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi PSJda 2021 yilning iyulidan buyon to‘p surib kemoqda. Ashrafning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida marokashlik futbolchi 27 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Ashraf Hakimi  rafiqasi, aktrisa Xiba Abuk bilan ajrashishi haqida xabarlar tarqalgandi. 24 yoshli futbolchining rafiqasi ajrashish uchun ariza bergan va mol-mulkining yarmini talab qilgan, biroq sud 36 yoshli aktrisaga futbolchining hech narsasi yo‘qligi, barcha mol-mulk Hakimining onasi nomidaligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ashraf Hakimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made