“Real”ning “Messi”si jarohati sabab ikki oyga safdan chiqdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” futbolchisi Arda Guler jarohati sabab ikki oyga safdan chiqdi. Bu haqda “Managing Madrid” xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 18 yoshli yarim himoyachi Arda Gulerning jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkin va buning oqibatida u kamida ikki oy muddatga safdan chiqishga majbur bo‘ladi. Turkiyalik forvard “Real”ning AQSHda bo‘lib o‘tayotgan mavsumoldi mashg‘ulotlari mobaynida tizzasidagi og‘riqlardan shikoyat qilgan. Dastlab Gulerni mushaklari toliqqan deb o‘ylashgan, biroq tibbiy ko‘riklar buning aksini ko‘rsatgan.

“Arda Guler hali 18 yoshda va u uchun eng muhimi yil davomida futbolchi sifatida o‘sishda va rivojlanishda davom etish, ya’ni “Real” uni bu jarohatdan tiklanishga hamda maydonga qaytishga shoshirmaydi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, u yaqin orada Madridga qaytib, davolanishni boshlashi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, Arda Guler iyul oyi boshida Turkiyaning “Fenerbaxche” klubidan “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan edi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, “qaymoqranglilar” futbolchi uchun 20 million yevro to‘lagan. Xavbek madridliklar bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing