Kutilmaganda “turkiyalik Messi” “Barselona”ni emas, “Real”ni tanladi

Sport

image

“Fenerbaxche” klubining 18 yoshli futbolchisi Arda Guler tez orada “Real Madrid”ga o‘tadi. Bu haqda Sports.ru xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Arda transferi uchun kurashda “Real” “Barselona”dan ustun kelgan. Kataloniya klubi ham “turkiyalik Messi”ga jiddiy qiziqish bildirayotgandi.

“Real Madrid” futbolchi uchun taxminan 20 million yevro to‘laydi.  Shuningdek, “Fenerbaxche” Gulerning keyingi transferidan 20 foiz daromadni o‘ziniki qilib oladi.

Arda Guler o‘tgan mavsum 35 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Guler katta futbolga ilk qadamini Anqaraning “Genchlerbirligi” klubi orqali tashlagan. U 2019 yilda “Fenerbaxche” klubiga ko‘chib o‘tgan.

Ta’kidlash joiz, Guler chap oyoqda samarali to‘p sura oladi, u o‘ng qanotda ham faol harakatlanadi.  Ana shunday xususiyatlari uchun Turkiyada OAV uni “Turk Messi”si deb ataydi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Arda Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made