“Real” MYU va Pogba mojarosidan unumli foydalanmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” jamoasi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Qirollik klubi” 28 yoshli fransiyalik futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni yaqin oylar ichida diqqat bilan kuzatib boradi. Agar Pogba kelasi yilning yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirmasa, uni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. 

Agar mankunianliklar rahbariyati va Pogba kelisha olmasa, futbolchi 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin bo‘ladi.

Ammo bu variant ham Madrid klubiga arzonga tushmaydi, chunki Pol yuqori maosh olishni xohlaydi, hatto bitim imzolash uchun ham bonus mablag‘lari to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik yarim himoyachi “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini Krishtianu Ronaldudan ko‘ra ko‘proq maosh to‘lansagina yangilashga rozi bo‘lishini aytib o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida Pogba 9 o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL Pol' Pogba Real Madrid La liga Man Yunayted

Baholaganlar

10

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing