“Real” Mbappega kamroq maosh taklif qilmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Real” klubi fransiyalik futbolchi Kilian Mbappega 2022 yildagidan ham kamroq maosh taklif qilyapti. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kilian Mbappening kelajagi futbol transferlari olamida dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili futbolchi “Real”ga o‘tmasdan PSJ bilan shartnomasini uzaytirishga qaror qilgandi. Mbappening hozir ham qanday qaror qabul qilishi aniq emas. 

Forvardning “Real” bilan kelishuvi haqida matbuotda ma’lumotlar tarqaldi. Shu bilan birga, fransiyalik futbolchining Angliyaga ko‘chib o‘tishi haqida ham xabarlar tarmoqlarga sizdirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe dekabr oyida 25 yoshga to‘ldi. “Transfermarkt” portali futbolchini 180 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Kilian Mbappe faoliyatini Ispaniyaning “Real Madrid” klubida davom ettirishga qaror qilgani xabar qilingandi. 

25 yoshli fransiyalik forvard "Real" bilan muvaffaqiyatli muzokaralar olib borgan va “qirollik klubi” bilan shartnoma imzolashga rozi bo‘lgan. Mbappe yozda parijliklar bilan shartnomasi tugagach, qirollik grandiga qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing