“Real” futbolchisi Berlin aholisiga yordam ko‘rsatdi
Sport
−
10 yanvar
2030“Real Madrid” klubining germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger Berlin aholisiga 1700 dona qishki kiyim-kechak sovg‘a qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni kunlarda Germaniya poytaxtida havo harorati -10 darajagacha tushmoqda. Uysizlar va kam ta’minlanganlar Under Armour brendining termal ichki kiyimi, kurtka, bosh kiyimi, sharf va boshqa turdagi kiyimlar bilan ta’minlangan.
Ma’lumot uchun, Ryudiger 2022 yilning yozida erkin agent sifatida "Chelsi"dan “Real”ga o‘tgan edi. Futbolchi jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Angliya klubi safida himoyachi Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi kabi turnirlarda g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi