“Real”, “Barselona”, “Yuventus” va “Milan” YeCHLdan butunlay chetlatilishi mumkin

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin Superliga loyihasi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. Bu haqda "Associated Press" xabar bergan.  

UEFA rahbari hali loyihani rad etishini e’lon qilmagan yangi turnirning to‘rtta asoschi klublari oldiga shart qo‘ygan. Gap "Real", "Barselona", "Yuventus" va "Milan" haqida ketmoqda. 

Cheferinga ko‘ra, ushbu klublar Superligani tanlagan taqdirda , Chempionlar Ligasisiz qolishi mumkin. 

"Sanksiyalar qanday bo‘ladi? Biz sodir bo‘lganlarga huquqiy baho berlishini kutmoqdamiz. Ammo har kim o‘z harakatlari oqibatsiz qolmasligini juda yaxshi tushunadi", deya qo‘shimcha qilgan u. 

Ayni paytda Superliga loyihasi to‘xtatilgan. FIFA va UEFA’ning bosimi, muxlislar qarshiligi ortidan jamoalar birma-bir Superliga loyihasini tark etganini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni 12 ta klub – "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti", "Liverpul" (barchasi – Angliya), "Real" (Madrid), "Barselona", "Atletiko" (barchasi – Ispaniya), "Inter", "Milan" va "Yuventus" (barchasi – Italiya) yangi Yevropa musobaqasi – Superliga tashkil etilganini e’lon qildi. Loyihani Amerikaning “JP Morgan” banki loyihalashtiradigan bo‘ldi. “Real” prezidenti Florentino Peres Superliga boshiga keldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

EChL Superliga

Baholaganlar

778

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing