“Real” “Arsenal” yetakchisini nishonga oldi

Sport

image

“Real Madrid” klubi “Arsenal” himoyachisi Uilyam Salibani sotib olish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli markaziy himoyachi “qirollik klubi”ning asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi va yozgi transferlar oynasi vaqtida yoki 2026/27 yilgi mavsumga qadar fransuz himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olshiga harakat qiladi. 

Qayd etish joiz, Salibaning “Arsenal” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. London klubi unga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi klubda qolishga shoshilmayapti. Sababi u ko‘proq sovrin yutishni istamoqda. Shu bois u klubini almashtirishga qarshi emas.

Ma’lumot o‘rnida, Saliba joriy mavsum APL doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. “Transfermarkt” portali Salibaning qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Real Madrid Uil'yam Saliba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing