Dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingi tuzildi
Sport
−
11:10 805 2 daqiqa
Nufuzli ESPN nashri dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari reytingini tuzdi. Unda “Arsenal” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Uilyam Saliba jahonning eng yaxshi markaziy himoyachisi deb topildi.
“Arsenal”ning yana bir futbolchisi Gabriel Magalyayns 3-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Barselona” himoyachisi Pau Kubarsi 4-pog‘onadan o‘rin egalladi.
Reytingni tuzishda futbolchilarning 2025-2026 yilgi mavsumdagi o‘yinlari asosiy mezon sifatida olingan. Shuningdek, jarohat sabab mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan futbolchilar ham avvalgi mavsumlardagi yuqori darajadagi o‘yinlari inobatga olingan holda ro‘yxatga kiritilgan.
2026 yilgi Jahon chempionatidagi natijalar ham hisobga olingan, ammo bu reytingda asosiy omil bo‘lmagan. Mavsum davomidagi barqaror natijalar va uzoq muddatli muvaffaqiyatlarga kattaroq ahamiyat berilgan.
ESPN talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilari o‘ntaligi quyidagicha:
- Uilyam Saliba – “Arsenal”, Fransiya terma jamoasi.
- Villian Pacho – PSJ, Ekvador terma jamoasi.
- Gabriel Magalyayns – “Arsenal”, Braziliya terma jamoasi.
- Pau Kubarsi – “Barselona”, Ispaniya terma jamoasi.
- Jonatan Ta – “Bavariya”, Germaniya terma jamoasi.
- Markinos – PSJ, Braziliya terma jamoasi.
- Dayo Upamekano – “Bavariya”, Fransiya terma jamoasi.
- Virjil van Deyk – “Liverpul”, Niderlandiya terma jamoasi.
- Alessandro Bastoni – “Inter”, Italiya terma jamoasi.
- Mark Gehi – “Manchester Siti”, Angliya terma jamoasi.
Shu tariqa, Saliba reytingda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Arsenal”ning bir markaziy himoyachisi – Gabriel kuchli o‘ntalikdan joy oldi. “Bavariya” va PSJdan ham ikkitadan futbolchi kuchli o‘talikka kiritildi.
Live
Barchasi