“Real” Alonsoning kelishi sabab fitnes murabbiyini asosiy jamoadan chetlatmoqchi
Sport
−
12 may 5676 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi fitnes murabbiyi Antonio Pintusni “Kastilya”ga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Ramon Alvares xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fitnes murabbiyi keyingi mavsumda jamoada qoladi, asosiy jamoada emas, o‘rinbosarlar jamoasida ishlaydi. Bu qarorga kelinishiga sabab mavsum yakunida jamoaga kelishi kutilayotgan Xabi Alonso va uning murabbiylar shtabidir. Ispaniyalik mutaxassis o‘zi bilan fitnes murabbiyni olib keladi.
Alonsoning jamoasiga uning yordamchisi Alberto Ensinas va fitnes murabbiyi lavozimida ishlaydigan Ismayel Kamenforte Lopes qo‘shiladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr