“Real” 37 yillik rekordini yangiladi

Sport

image

Ispaniya La Ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Real” va “Alaves” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. O‘yin 5:0 hisobida madridliklar foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, ushbu o‘yin madridliklar uchun joriy La Ligadagi gol o‘tkazib yubormagan 20-o‘yin bo‘ldi. Bu haqda “Opta Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu natija qaymoqranglilar uchun ushbu turnirdagi mutlaq rekord hisoblanadi. Bungacha 1986/1987 yilgi mavsumda “qirollik klubi” 19 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

“Alaves” bilan uchrashuvda “Real” darvozasini ushbu mavsumda La Liganing uchta o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlagan Tibo Kurtua himoya qildi. Andrey Lunin 20 ta o‘yindan 10 tasida, Kepa Arrizabalaga esa 13 ta uchrashuvdan 7 tasida gol o‘tkazib yubormadi.

Ma’lumot uchun, Madrid klubi La Liganing qolgan ikkita o‘yinida “Vilyarreal” va “Betis” bilan bahs olib borib, o‘z rekordini yangilashga urinib ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Real rekord La Liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made