Ravshan Ermatov OFKning Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili etib saylandi
Sport
−
01 fevral 2023 5338 1 daqiqa
Bugun Bahraynda Osiyo futbol konfederatsiyasining (OFK)33-Kongressi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili sifatida saylandi. Bu haqda OFK o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, OFK Ijroiya Qo‘mitasi yangi tarkibining vakolat muddati 2023 yildan 2027 yilgacha etib belgilangan.
Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov 2019 yilgacha FIFA referasi sifatida faoliyat yuritgan. Ermatov o‘sha yili O‘FA vitse-prezidenti etib tayinlangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust