Quvayt va Bahraynda vahima: ko‘chalarda sirenalar yangramoqda (video)

Olam

image

Quvayt Qurolli kuchlari Bosh shtabi mamlakat hududida havo hujumiga qarshi tizimlar ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu qaror Eron tomonidan harbiy bazaga dronlar orqali hujum qilingani haqidagi bayonotdan keyin qabul qilingan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Quvayt harbiylari bayonotida aytilishicha, PVO tizimlari “dushman havo nishonlariga qarshi belgilangan operativ tartib-qoidalarga muvofiq qarshi harakat qilmoqda”.

Bahrayn Ichki ishlar vazirligi ham mamlakat hududida havo hujumi signallari ishga tushganini tasdiqlagan. Keyinroq Bahrayn qirolining ommaviy axborot vositalari bo‘yicha maslahatchisi Nabil al-Xamer mamlakat PVO tizimlari hujumlarni qaytarayotganini bildirgan.

Avvalroq, Eron AQSHning Bahraynda joylashgan 5-flot harbiy bazasiga dronlar orqali zarba bergani xabar qilingan edi. Bu hujumlar AQSHning Erondagi ob’ektlarga bergan zarbalariga javob sifatida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Shu bilan bir vaqtda AQSH Markaziy qo‘mondonligi Eronga qarshi yangi harbiy operatsiyalar boshlanganini ma’lum qilgan. Harbiylar buni Eronda Amerika Apache vertolyoti yo‘q qilinganiga javob deb izohlagan.

Vaziyat keskinlashib borayotgan bir sharoitda Isroil ham Eronga qarshi yangi zarba berishga tayyor ekanini bildirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing