Andijonda yana 4 kishi koronavirusdan sog‘aydi
Jamiyat
−
23 aprel 2020
5429Bugun, 23 aprel kuni Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Ulardan 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan to‘liq tuzalib chiqqanlar 51nafarga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 454 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi