Ravshan Ermatov hakamlikdan ketdi

Sport

image

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov FIFA referi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Alisher Nikimbayev xabar berdi.

Shu munosabat bilan Osiyo futbol konfederatsiyasida alohida marosim o‘tkazildi. Ravshan Ermatovning kar’erasi 16 yil davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Ravshan Ermatov xalqaro faoliyatini 2003 yili yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan boshlagan. U 3ta Jahon chempionatida 11 ta o‘yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi. Shuningdek, u 2 marta Osiyo Kubogi finalini, 1 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalini bosh hakamlik qilgan. E’tiborlisi, Ermatov 5 bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ravshan Ermatov futbol

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing