NATO Lukashenkoning bostirib kirish haqidagi iddaolarini rad etdi
Olam
−
23 avgust 2020
8803Norozilik va qarshiliklarga qaramay, hokimiyat uchun tish-tirnog‘i bilan kurashyotgan Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Grodno shahri yaqinidagi harbiy poligonga tashrifi chog‘ida mamlakatga NATO harbiy kuchlari tomonidan tazyiq bo‘layotgani, ular rangli inqilob rejasi bo‘yicha harakatlanayotgani va amaldagi hokimiyatni ag‘darishga urinayotganini aytgandi. Davlat rahbari Mudofaa vazirligi mansabdorlariga mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash uchun eng jiddiy choralarni ko‘rishni buyurgandi. Lukashenko o‘z so‘zida Alyans kuchlarining Polsha va Litvada to‘planayotganini urg‘ulagandi.
NATO esa Belarus Prezidentining Alyans kuchlarining mamlakat chegaralarida, xususan Polsha va Litvada to‘planishi haqidagi gaplarini rad etmoqda.
NATO vakili Oana Lungeska Lukashenkoning ayblovlarini asossiz deb atadi.
Uning ta’kidlashicha, Alyans hech bir davlatga, shu jumladan Belarusga ham xavf tug‘dirmaydi.
“Bu mintaqada Ittifoq kuchlarining tuzilishi qayd etilmagan. Bizning pozitsiyamiz to‘liq mudofaa. Biz faqat ittifoqchilarning milliy xavfsizligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘rishga intilamiz”, deydi Lungeska.
U Belarus rahbariyatini insonning asosiy huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr