Rasman: Yevro-2020 musobaqasi 2021 yilga qoldirildi

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi Yevropaga, xususan, futbolga tuzatib bo‘lmaydigan zarba berdi. UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa Ligasining navbatdagi o‘yinlari qoldirilganini e’lon qildi. Bundan tashqari, deyarli barcha musobaqalar rasman to‘xtatildi.

Koronavirus sabab, Yevro-2020 musobaqasi o‘tkazilishi so‘roq ostida qolayotgandi. Bugun, 17 mart kuni UEFA milliy assotsiatsiyalar ishtirokida mavsum taqvimi bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish yuzasidan videokonferensiya o‘tkazdi. Ukraina futbol assotsiatsiyasi Yevropa chempionati 2021 yilga ko‘chirilganini rasman e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropa chempionati jahon chempionati kabi har 4 yilda bir marotaba o‘tkazib kelinadi. Ushbu musobaqa so‘nggi bor 2016 yil Fransiyada bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda musobaqaning final bosqichida Portugaliya Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan va 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marotaba Yevropa chempioni, degan nomga sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA Koronavirus Evro-2020

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing