Rasman: O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi tasdiqlandi

Jamiyat

image

Senat O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimiga Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi. Bunga qadar Sidiqov Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Furqat Sidiqov 1971 yil 7 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. UzDaewoo Electronics qo‘shma korxonasida bosh mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida attashe (2002−2007), ushbu elchixonaning birinchi kotibi (2011−2015), O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi (2015−2020) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yilning 14 noyabridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U rus va ingliz tillarini biladi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Ma’lumot uchun, 2017 yilning 10 oktyabridan buyon O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimida Javlon Vahobov faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing