O‘zbekistonda Braziliya elchixonasi ochilishi mumkin

Jamiyat

image

5 oktyabr kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov Braziliyaning AQSHdagi elchisi Mariya Viotti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda o‘zbekistonlik diplomat X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyaning AQSHdagi diplomatik vakolatxonasida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) tayinlangani to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan 

“Uchrashuv yakunida tomonlar ishonch yorlig‘ining asl nusxasini Braziliya Prezidenti Luis da Silvaga topshirish uchun O‘zbekiston elichisining ushbu mamlakatga tashrifini 2023 yilning oxiriga qadar uyushtirish bo‘yicha kelishib oldi. Safar davomida yirik ishbilarmonlar doiralari vakillari, savdo palatalari, turli tijoriy uyushmalari va yetuk korxona rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Braziliyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy iqtisodiy hamkoriga aylangani, Braziliya hukumati tomonidan Toshkentda elchixona ochish masalasi o‘rganib chiqilayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari davomida Samarqandda Rossiyaning Bosh konsulligi tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh O'zbekiston Braziliya Furqat Sidiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing