O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi
Jamiyat
−
28 iyun
3350O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Furqat Siddiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kanada general-gubernatori O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasida erishilayotgan yutuqlardan yaxshi xabardor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu sa’y-harakatlar Kanada hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi va ikki tomonlama munosabatlar ko‘lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Kanada iqtisodiyoti o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani bildirilgan. Shu nuqtai nazardan, doimiy ravishda o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
Ma’lumot uchun, Furqat Siddiqov 2023 yilning may oyida O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan.
LiveBarchasi