O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi o‘rindoshlik asosida Kanadaga elchi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida respublikaning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi. 

Furqat Sidiqov may oyida O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga  ishonch yorliqlarini  topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan.

Ma’lumot uchun, Furqat Sidiqov 1971 yil 7 fevralda Toshkentda tug‘ilgan. 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. “UzDaewoo Electronics” qo‘shma korxonasida bosh mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida attashe (2002−2007), ushbu elchixonaning birinchi kotibi (2011−2015), O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi (2015−2020) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2022 yilning 14 noyabridan Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U rus va ingliz tillarini biladi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.

Eslatib o‘tamiz, uning o‘rniga 2017 yilning 10 oktyabridan buyon O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimida Javlon Vahobov faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada Furqat Sidiqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing