Rasman: O‘zbekistonda talabalar kontraktlari oshirilmaydi
Jamiyat
−
04 yanvar 2021
5943O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassalari talabalarining to‘lov-kontrakti borasida turli savollarni yuzaga keltirdi.
Bugun, 4 yanvar kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev brifing vaqtida OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdori oshirilmasligini ma’lum qildi.
"Pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy o‘quv yilidagi amaldagi to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi", dedi Babashev.
LiveBarchasi