Rasman: Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
10 may 2023
39369Saudiya Arabistonida joriy yilgi Haj mavsumi boshlanishi munosabati bilan Umra ziyorati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Umra ziyoratlari sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi xabar berdi.
Assotsiatsiya vakiliga ko‘ra, joriy yilning 5 mayidan boshlab Umra vizalari berilishi bir muddatga to‘xtatilgan.
“Bu mavsumiy va doimiy tartib hisoblanadi. Haj mavsumi tugagach, umra ziyorati yangi 1445 hijriy yil boshlanishiga yana tiklanadi”, deydi Assotsiatsiya vakili.
Tasdiqlanmagan xabarlarda aytilishicha, 15 maydan boshlab Makka shahriga faqat Haj vizasi borlar va Makka shahri aholisi kiritiladi.
Shuningdek, barcha aviakompaniyalar Qirollik tomonidan, 17 maygacha Umra ziyoratchilarini olib chiqib ketishlari shartligi haqida rasmiy ogohlantirilgan.
Ma’lumot uchun, biroz oldin Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmatining rasmiy matbuot kotibi 1444 yil Shavvol oyining 25-kuni – 2023 yil 15 maydan e’tiboran Makkai Mukarramaga kirish to‘xtatilishi haqida e’lon qildi. Bundan faqat haj ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, Makkada iqomasi (yashash ruxsatnomasi) bo‘lgan va Makkada ishlash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan kishilar mustasno.
LiveBarchasi