Rasman: Umid Ahmadjonov MOQ prezidentligidan chetlatildi

Sport

image

Oldinroq, O‘zbekiston Miliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning qo‘mita prezidentligi lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda Umid Ahmadjonovning rasman iste’foga chiqqanligini QALAMPIR.UZ manbasiga MOQ Matbuot xizmati tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Umid Ahmadjonovning sport sohasidagi rahbarlik lavozimlarida 2007 yildan e’tiboran ishlay boshlagan. Shu yili, dastlab O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiyatsiyasi Bosh kotibi hamda raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Xuddi shu tashkilotdagi faoliyati bilan hamohanglikda yana O‘zbekiston Dzyudo Federatsiyasi raisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimlarida ham ish olib borgan.

Aynan uning Paralimpiya Assotsiyatsiyasidagi faoliyati natijasida O‘zbekiston paralimpiya delegatsiyasi 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Paralimpiada O‘yinlarida tarixiy natijalarini qayd etganini alohida ta’kidlash zarur.

O‘zbekiston ushbu Paralimpiada O‘yinlarida ja’mi 31 ta: 6ta oltin, 8 ta kumush hamda 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu muvofaqqiyatdan so‘ng, Umid Ahmadjonov 2017 yilning 12 sentyabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylandi. O‘shanda u federatsiyani 12 yil davomida boshqarib kelgan va ayniqsa, faoliyatining so‘nggi yillari sport jurnalistlari, futbol muxlislarining jiddiy tanqidlari ostida kechgan Mirabror Usmonovning o‘rnini egallagandi.

Oradan ko‘p o‘tmay 2018 yilda esa, Alisher Sultonovning o‘rniga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidentligidan ketdi. 

O‘FF prezidentligiga Ochilboy Ramatov saylangach, Umid Ahmadjonov O‘FFning birinchi vitseprezidenti sifatida futboldagi faoliyatini ham davom ettirib kelayotgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

MOQ

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing