Rasman: Ueyn Runi futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport

image
2020 yilda qaysi futbol yulduzlari faoliyatini yakunladi? north_east

2020 yilda qaysi futbol yulduzlari faoliyatini yakunladi?

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”dagi yorqin faoliyati bilan tanilgan “Derbi Kaunti” klubi o‘ynovchi-murabbiyi Ueyn Runi rasman futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda “Derbi Kaunti” klubi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 35 yoshli Runi jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangani sabab futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Shartnoma 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

“Brayan Klaff, Jim Smit, Frenk Lempard va Filipp Koku izidan borish katta sharaf. Men klubga aloqador har bir kishiga, muxlislarga murabbiylar shtabi bilan birgalikda barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, qo‘limizdan kelganicha harakat qilishga va’da beraman”, deydi Runi.

2020 yilning yanvarida Runi futbolchilik vazifasini bajarish bilan birgalikda jamoa murabbiylar shtabiga qo‘shilgandi. Shundan so‘ng, u o‘ynovchi murabbiyga aylangandi. O‘tgan yilning noyabr oyida klub bosh murabbiyi Koku ishdan bo‘shatilganidan buyon, Runi bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Futbolchi sifatida Runi “Derbi Kaunti” tarkibida jami 35 ta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urgan va uchta golli pas bergan. 

Wayne Rooney - an underwhelming end to an underwhelming Everton career -  Royal Blue Mersey

Angliyalik forvard “Everton”, “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasidagi o‘yinlari bilan muhlislarning e’tiboriga tushgan. U “Everton”dagi debyut o‘yinini 2002 yil 16 yoshida o‘tkazgan. 2004 yil yozida futbolchi Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tdi. 2017 yil iyul oyida esa, yana Liverpulning “Everton” jamoasiga qaytdi. Shundan so‘ng, u Amerikaga, “Di Ci Yunited” jamoasiga borib qo‘shildi. 

Manchester United: Wayne Rooney Posts Nostalgic Goal-Scoring Childhood  Video To Instagram

“Manchester Yunayted” tarkibida Runi Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u besh marta Angliya chempioni bo‘ldi va uch marta Angliya kubogini hamda klublar o‘rtasidagi Jahon kubogini yutdi. U "Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi (559 uchrashuvda 253 ta gol). 

Rooney to manage England at Soccer Aid with Evra and Toure confirmed as  players | Goal.com

Hujumchi Angliya terma jamoasi safida 120 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan va bu eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Terma jamoa tarkibida Runi 2006 yilgi Jahon chempionati hamda 2004 va 2012 yilgi Yevropa chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgan. 2017 yilda futbolchi terma jamoa safida maydonga tushishni to‘xtatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Runi Rasman “Manchester Yunayted” “Derbi Kaunti”

Baholaganlar

29

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing