Rasman Tokio-2020 Olimpiadasida boks sport turi bo‘ladi

Sport

image

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘mi boksni Tokio-2020 Olimpiadasi dasturida saqlab qolish taklifini berdi.

Lekin, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) Tokioda boks bahslarini tashkil qiluvchi maqomida bo‘lmaydi. 

XOQ saytida boks bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish uchun Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe boshchiligida komissiya yig‘ilgani haqida ma’lumot berilgan. Ushbu komissiya iyun oyi oxirigacha Tokio-2020 litsenziyasi uchun saralash tizimini ishlab chiqadi va musobaqalar tashkil qiladi. 

XOQ Ijroqo‘mi shuningdek Tokio Olimpiadasida ishtirok etuvchi bokschilar soni avvalgidek 286 ta qolishini tasdiqlagan. 

Bu borada yakuniy qaror 24-26 iyun kunlari Lozannada o‘tkaziladigan yig‘ilishda ma’lum qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Tokio-2020 XOQ

Baholaganlar

7

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing