Rasman. Saloh “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirdi
Sport
−
11 aprel
1695Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi vingeri Muhammad Saloh “mersisaydliklar” bilan amaldagi shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozircha misrlik futbolchining yangi shartnomasi borasidagi to‘liq tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ya’ni maoshi qanchaligi ochiqlanmagan.
Qayd etish kerak, kuzda uning kelajagi haqidagi savolga Saloh “more out than in”, ya’ni, “qolishimdan ko‘ra ketish ehtimolim ko‘proq” deb javob bergandi.
Salohda ayni damda APL da 184 ta gol urib, bu borada 5-ko‘rsatkichni qayd etib kelmoqda. Shu ikki yil ichida yana 30 gol ursa, liga tarixidagi to‘purarlar ichida Xarri Keynni ham quvib o‘tadi va 2-o‘ringa chiqib oladi. APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar bu Alan Shirer. Uning hisobida 260 ta gol bor.
Ma’lumot o‘rnida, Muhammad Saloh “Liverpul” safiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan. “Transfermarkt” portali 32 yoshli vingerning narxini 55 million yevroga baholagan.
LiveBarchasi