Rasman: Saidov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
25 aprel 2023
7401O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
U 2022 yil 30 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan edi.
Baxtiyor Odilovich Saidov 1981 yil Samarqandda tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2016 yil yanvar oyida “O‘zbekengilsanoat” AK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, bosh menejeri sifatida faoliyat yuritgan. 2017 yil 26 iyuldan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi bo‘lib ishlagan. 2018 yil 4 apreldan u bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi, 2019 yil iyul oyida qarorgohi Pekinda bo‘lgan O‘zbekistonning Filippindagi elchisi bo‘lib ham ishlagan. 2021 yildan 2022 yil so‘nggiga qadar Saidov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Saidovdan avvalgi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Imomovich Norov ushbu lavozimdan ketgach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 30 dekabrdagi farmoyishi bilan Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlangandi.
LiveBarchasi