Rasman: Ramos Meksika klubiga ko‘chib o‘tdi (video)
Sport
−
07 fevral 2025 2310 1 daqiqa
Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos Meksikaning “Monterrey” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Erkin agent bo‘lgan 38 yoshli himoyachi yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Himoyachi 93-raqamda harakat qiladi.
Qayd etish joiz, Ramos 2024 yilning may oyidan beri maydonga tushmay kelyapti. Uning so‘nggi jamoasi “Sevilya” bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda himoyachi “Sevilya” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi asosan Madrdining “Real” klubidagi yorqin faoliyati bilan tanilgan. “Transfermarkt” Ramosning qiymatini 1,8 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning boshqa bir afsonaviy himoyachisi Marselo faoliyatini yakunlagani xabar qilingandi.
Live
Barchasi