Yaponiya JCH oldidan mashg‘ulot bazasini o‘zgartirishga qaror qildi
Sport
−
06 iyun 1788 1 daqiqa
Yaponiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Meksikadagi mashg‘ulot bazasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Jamoa Monterrey shahridagi mashg‘ulot sharoitidan norozi bo‘lgan. Aynan shu shaharda yaponlar guruh bosqichidagi o‘yinlaridan birini o‘tkazishi rejalashtirilgan. Dastlab terma jamoa “Taygers” klubi infratuzilmasidan foydalangan, keyinchalik esa Monterreydagi boshqa mashg‘ulot bazasiga ko‘chib o‘tgan. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar u yerdagi maydon holatidan qoniqmagan. Xususan, maydonning iflos va notekis ekani noroziliklarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng Yaponiya terma jamoasi mashg‘ulotlar uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Yaponiya terma jamoasi Niderlandiya, Tunis va Shvetsiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. “Samuraylar” 2022 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniya va Germaniya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan va nimchorak finalda Xorvatiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun